Ronalduning dahshatli rekordini yangiladi
Saudiya Arabistoni Professional ligasining 27-tur doirasida chempionat peshqadami “An-Nasr” futbolchiori o‘z maydonida “An-Najma” jamoasi bilan to‘qnash keldi.
Gollarga boy bo‘lgan uchrashuvda mezbonlar 5:2 hisobida zafar quchdi. “An-Nasr” safida jarohatidan keyin safga qaytgan Krishtianu Ronaldu o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib
Qayd etish joizki, portugaliyalik hujumchi son jarohatidan keyingi ilk o‘yinida professional futbolchilik faoliyatidagi 966 va 967-gollarini urdi.
Krishtianu Ronaldu jahon futboli tarixida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi va uning har bir kiritgan to‘pi yangi rekord sifatida qayd etiladi.
Futbol jamoatchiligi 41 yoshli hujumchining qachon gollari sonini mingtaga yetkazishini kutmoqda. Chunki hali biror o‘yinchi o‘z faoliyati davomida rasmiy uchrashuvlarda bu marrani zabt etmagan.
Fikrlar