Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan ketganiga sha’ma qildimi?

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Marokashdan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "Instagram"dagi sahifasi orqali murojaat yo‘lladi.

– Portugaliya terma jamoasi safida jahon chempionatida g‘alaba qozonish faoliyatimdagi eng katta orzu edi. Yaxshiyamki, men xalqaro miqyosda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdim, shu jumladan, Portugaliya uchun ham, lekin mamlakatimiz nomini dunyoda eng yuqori darajaga ko‘tarish mening eng katta orzum edi.

Men bu orzu uchun qattiq kurashdim. 16 yil davomida jahon chempionatlarida gol urgan 5 ta ishtirokimda, har doim buyuk o‘yinchilar bilan birga va millionlab portugaliyaliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda, men bor kuchimni berdim, borimni maydonda qoldirdim. Hech qachon yuzimni ortga qaratmadim va hech qachon bu orzumdan voz kechmadim.

Afsuski, kecha orzu so‘ndi. Bunga alohida munosabat bildirish shart emas. Hamma bilishini istardimki, ko‘pchilik aytatganiga, yozganiga, taxmin qilganiga qaramay, lekin mening Portugaliyaga bo‘lgan munosabatim bir lahzaga ham o‘zgarmadi. Har doim jamoa maqsadi uchun kurashadigan oddiy bir odam bo‘lganman va hech qachon jamoadoshlarim hamda vatanimdan yuz o‘girmaganman.

Hozircha aytadigan ko‘p gapim yo‘q. Rahmat, Portugaliya. Rahmat, Qatar. Orzu davom etayotgan paytida juda go‘zal edi... Endi yaxshi maslahatchi bo‘lish va har biriga o‘z xulosalarini chiqarishga imkon berish vaqti keldi", - deya yozib qoldirdi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!