Ronald ustozi Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topildi

  • 23.05.2026 11:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“An-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi.

Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida “An-Nasr” 2019 yildan keyin ilk bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Er-Riyod klubi mavsum davomida eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoaga aylandi — 28 ta. Shuningdek, jamoa ketma-ket 16 ta g‘alabali seriya qayd etib, chempionatda eng ko‘p gol urgan klub bo‘ldi — 91 ta gol. To‘plar farqi ham eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi — +63.

“An-Nasr” shuningdek, “Al-Ahli” bilan birgalikda eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgan jamoa sifatida qayd etildi — 17 ta.

Mavsumning eng yaxshi to‘purari esa “Al-Qadisiya” hujumchisi Xulian Kinyones bo‘ldi. U 33 ta gol urib, “Al-Ahli” forvardi Ayven Tounini bir golga ortda qoldirdi.

Avvalgi ikki mavsumda “Oltin butsa” sohibiga aylangan Krishtianu Ronaldu bu safar 28 ta gol bilan cheklandi.

“Oltin qo‘lqop” sovrini “Al-Ahli” posboni Eduar Mendiga nasib etdi. U “Al-Hilol” darvozaboni Yassin Bunu bilan bir xil — 14 ta quruq o‘yin qayd etgan bo‘lsa-da, kamroq gol o‘tkazib yuborgani sababli g‘olib deb topildi — 18 ga qarshi 20.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!