Ronaldu Yamal haqida qattiq gapirdi

  • 9 iyun, 09:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya mezbonlik qilgan Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi Millatlar ligasi finalida jahon futbolining ikki yorqin vakili – Krishtianu Ronaldu va Lamin Yamal o‘zaro to‘qnashdi.

Tecno

Bu gal bosh sovrin portugaliyaliklarga nasib qildi.

Bu uchrashuvda bir nechta rekordlarni yangilagan Krishtianu Ronaldu bellashuvdan keyin  ispaniyaliklar etakchisi Lamin Yamal haqida gapirdi.  

- Yamal hali juda ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritadi, bular ham jamoaviy, ham individual sovrinlar bo‘ladi. U hali 17 yoshda va hammasi oldinda.

Yana bir bor takrorlayman, Lamin o‘sish uchun juda katta salohiyatga ega.  U fenomen, lekin bu o‘yinchini o‘z holiga qo‘yish kerak. Men doim shuni so‘rab kelaman.

Oldinda uni hali uzoq faoliyat kutib turibdi, balki hali Millatlar ligasida bir necha marotaba g‘olib ham chiqar, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Ta’kidlash lozimki, Ispaniya o‘zi ishtirok etgan Millatlar ligasining uchta finalidan ikkitasida imkoniyatni boy bergan. Portugaliya esa, uchinchi urinishdan ikkitasida bosh sovrinni o‘ziniki qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!