Ronaldu jamoadoshlarini yaxshi ko‘radi
"Yuventus" xavbeki Aaron Remzi jamoaning portugaliyalik forvardi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
“Ronaldu ajoyib futbolchi bo‘lishdan tashqari, ajoyib inson hamdir. U futbol tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilardan biri. “Yuventus”dagi ilk mashg‘ulotimdan so‘ng oshxonaga kirganimda, u menga birga ovqatlanishni taklif qildi. Biz uzoq suhbatlashdik va bu menga ta’sr qildi, men darhol o‘zimni erkin his qila boshladim. Ronaldu - ajoyib inson. U jamoadoshlarini yaxshi ko‘radi va mashg‘ulotlarda borini beradi”, - deydi uelslik futbolchi.
35 yoshli Ronaldu “Yuventus” safiga 2018 yilning yozida 117 mln evro evaziga “Real”dan ko‘chib o‘tgan edi.



Fikrlar