
"Ronaldudan keyingi davrga tayyor bo‘lishimiz kerak"
Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
- Portugaliya futbol federatsiyasi va Ronaldu o‘rtasida tijoriy bog‘liqlik bor. Sizningcha, Portugaliya brendi ushbu bosqichda Krishtianusiz ham kengaymoqdami?
"Krishtianu katta brend. Uning instagramda 600 ming obunachisi bor. Biz bu erga kelganimizda Ronaldu va Federatsiya o‘rtasidagi aloqani bilardik va uning hech bo‘lmaganda 2018 yilgacha qolishini istardik.
Barcha kelishuvlarga hamkorlardan hech biri Ronalduni qolishi talabini qo‘ymagan. Federatsiya sifatida biz Ronaldudan keyingi davrga tayyor bo‘lishimiz lozim. Shu sabab 2018 yildan buyon bu yo‘nalishda qadam tashlayapmiz.
Haqiqatan ham, agar u o‘zi ko‘rsatayotgan o‘yin va ambitsiyalari bilan ishlashda davom etsa, menimcha yana ko‘p yillar termada to‘p tepa oladi", - dedi Fernando Gomesh.
Fikrlar