Ronalduga yangi sherik keladi
Turin superklubi rahbariyati yozda jamoa tarkibini qayta shakllantiradi. Ayni paytda skautlar “Yuventus”ni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan nomzodlarni o‘rganib chiqmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, turinliklarga “Nitstsa” hujumchisi Amin Guirining harakatlari ma’qul kelgan. 21 yoshli frantsiyalik futbolchi “Lion”dan “Nitstsa”ga o‘tganidan keyin o‘yini ochilib ketdi va hozir jamoasining asosiy to‘purari hisoblanadi.
Guiri joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 29 ta uchrashuvda 12 ta gol urdi va jamoadoshlariga oltita golli pas oshirdi. Turinda u yozda ketishi kutilayotgan Paulo Dibalaning o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar