Ronalduni sotib olishga tayyor bo‘lgan bitta klub qoldi
“CBS Sports” xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun bitta da’vogar klub qoldi.
Manba aytilishicha, faqat "Borussiya" Dortmund 37 yoshli portugaliyalikni sotib olishga tayyor. Nemis klubi futbolchi sotib olishga ham, ijaraga olishga ham tayyor. Sebastyan Allerda saraton bilan bog‘liq muammo paydo bo‘lganidan keyin rahbariyat unga alternativ qidirmoqda.
Ronalduning o‘zi "Borussiya"ga o‘tishga tayyor, chunki “arilar” Chempionlar ligasida o‘ynaydi. Shuningdek, hujumchi Angliya, Ispaniya, Italiya va Germaniya chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi futbolchi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ronalduning "Sporting"ga qaytmasligi kafolatlangan, chunki bosh murabbiy Ruben Amorim uni o‘z jamoasida ko‘rmayotganini aytdi. "Atletiko" ham portugaliyalikni sotib olishga unchalik qiziqmayapti.
Ronaldu 2021 yilning avgustida “Manchester Yunayted”ga qaytdi. O‘tgan mavsum portugaliyalik barcha turnirlarda jamoasi doirasidagi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.

Fikrlar