
Ronalduni taqdirlashadi!
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Norvich”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda uchta to‘p kiritib, faoliyati davomidagi 60-xet-trikni qayd etdi.
OptaSport statistika portalining ma’lum qilishicha, portugaliyalik yulduz klub miqyosida 50 marotaba va Portugaliya terma jamoasida 10 marta xet-trikka erishgan. Bundan tashqari, Krishtianu jahon futbolida hamda o‘z mamlakati terma jamoasida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi sifatida rekord o‘rnatgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianu Ronaldu “Norvich” bilan o‘yinda qayd etgan xet-triki uchun moliyaviy bonus bilan mukofotlanadi.
Fikrlar