Ronalduning “An-Nasr”dagi sovrinsiz seriyasi davom etmoqda
Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” safida yana bir sovrinni qoʻldan chiqardi.
Saudiya klubi Osiyo Chempionlar ligasi 2 turniri finalida Yaponiyaning “Gamba Osaka” jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi.
Portugaliyalik yulduz 2023 yil qishda “An-Nasr”ga qoʻshilganidan beri klub bilan birorta rasmiy sovrin yutmadi. Shu vaqt davomida u 14 ta turnirda gʻolib chiqish imkoniyatini boy berdi. Jumladan, Ronaldu Saudiya chempionati, Osiyo Chempionlar ligasi, Qirol kubogi va Superkubakda muvaffaqiyatga erisha olmadi.
Uning “An-Nasr”dagi yagona sovrini 2023 yilda qoʻlga kiritilgan Arab chempionlari kubogi boʻlib, ushbu musobaqa rasmiy turnir sifatida tan olinmaydi.
Maʼlumot uchun, 21 may kuni 41 yoshli hujumchi faoliyatidagi ilk rasmiy sovrinni qoʻlga kiritishi mumkin. Saudiya Pro ligasining soʻnggi turi oldidan “An-Nasr” “Al-Hilol”dan 2 ochko oldinda bormoqda.

Fikrlar