Ronalduning kelishi biz uchun yomon xabar bo‘ldi
“Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibiga kira olmayogan Donni van de Bekning agenti Gido Albers Krishtianu Ronalduning jamoaga kelgani niderlandiyalik futbolchining kelajagiga salbiy ta’sir qilishini aytdi.
- Krishtianuning Manchesterga kelgani biz uchun yomon xabar ekanini bildik. Pogba maydonning chap qanotida o‘ynaydi. Ronaldu kelganidan keyin u pozitsiyasini o‘zgartiradi. Bu maydon markazida yana bir futbolchi o‘ynashini bildiradi.
Biz Sulsher va klub rahbariyati bilan suhbatlashganimizdan keyin yangi jamoa qidirdik va “Everton” variantida to‘xtadik. Biroq, transfer oynasi yopilishidan oldin Sulsher va klub mutasaddilari qo‘ng‘iroq qilib, Donni transferga qo‘yilmasligini va ertalabdan mashg‘ulotlarga kelishini aytishdi.
Biz ularga Donni van de Bek Angliyaga Liga kubogi, mamlakat kubogi va Evrokuboklarda emas, balki premer-ligada o‘ynagani kelganini uqtirdik. Hozir Sulsher bilan muzokara qilyapmiz. Raqobat o‘ta kuchayganiga qaramay, u Donniga imkon berishi kerak, - dedi Gido Albers.
Fikrlar