Ronalduning ko‘z yoshlariга sababchi bo‘lgan futbolchi "Yuventus"ga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 23.01.2026 19:00
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi Yussef en-Nesirini sotib olmoqchi.

"Yuventus" "Fenerbaxche" hujumchisi Yussef en-Nesirini sotib olish masalasida ishlamoqda. Turkiya klubi 28 yoshli futbolchini 25 million yevro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Bitim amalga oshishi uchun "keksa sinyora" marokashlik futbolchi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishib olishi kerak. Futbolchining turk klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi. "Transfermarkt" portali futbolchini 22 million yevroga baholagan.

Ma’lumot uchun, marokashlik forvard joriy mavsumda umumiy 25ta uchrashuvda maydonga tushib, 8ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!