Ronalduning opasi Krishtianuning Portugaliya termasiga qaytishi ehtimoli haqida gapirdi

  • 15.10.2026 19:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveyru yulduz futbolchining milliy jamoaga qaytmasligi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Maʼlumki, Ronaldo soʻnggi bor Portugaliya terma jamoasi yigʻinini tark etgan edi. Bu qarorga Jorje Jezushning Millatlar ligasida Norvegiyaga qarshi oʻyinda (2:1) uni maydonga tushirmagani sabab boʻlgani aytilmoqda.

Elma Aveyru ning taʼkidlashicha, 41 yoshli futbolchining milliy jamoaga qaytishi ehtimoli juda past, chunki har ikki tomon ham oʻzini ranjitilgan deb hisoblaydi. U oʻz soʻzida akasiga toʻliq yordam berishini, vaziyat qanday yakun topishini kuzatishini qoʻshimcha qildi.

«Ronaldu va Jezush yarashib oladimi? Bilmayman, bu juda qiyin. Seni sotib ketishganidan keyin munosabatlarni odatiy holatga qaytarish oson emas», — deya Elma Aveyru ning soʻzlarini keltiradi A Bola nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!