
Ronalduning ortidan yana bir yulduz jamoasi bilan shartnomani bekor qilmoqchi
“Los-Anjeles” klubi va Uels terma jamoasi hujumchisi Garet Beyl qishki transfer oynasida Amerika klubini tark etishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi shartnomasida ko‘rsatilgan maxsus banddan foydalanib, “Los-Anjeles” bilan amaldagi kelishuvni muddatidan oldin bekor qilishga haqli.
Eslatib o‘tamiz, uelslik futbolchi “Los-Anjeles” klubiga joriy yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida Kaliforniya klubi tarkibida jami 14 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Transfermarkt portali Uels terma jamoasi sardorini 2 million evroga baholamoqda.
Fikrlar