Ronalduning terma jamoadagi gollari soni 99 taga etdi. Jahon rekordi uchun yana qancha bor?
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evro-2020 saralash bosqichida Lyuksemburg (2:0) ga qarshi uchrashuvda gol urishga erishdi.
34 yoshli forvard bellashuvning 86-daqiqasida Portugaliyaning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Bu Ronalduning terma jamoadagi 99-goli edi. Undan faqatgia Eronning sobiq hujumchisi Ali Daei (109 ta gol) ko‘proq gol ura olgan.
Ronaldu Portugaliya uchun yana 10 ta gol ursa, jahon rekordini qaytaradi.
Krishtianu Ronaldu Portugaliya uchun 164-bellashuvini o‘tkazdi. Evropa rekordini uchun yana 12 ta va jahon rekordi uchun esa yana 20 ta bahs o‘tkazishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya Evro-2020 filan bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va shu qatorda, Ronaldu 11 ta gol bilan terma jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar