Ronalduning to‘yga bormagani fanatlarni jumbushga keltirdi
Portugaliya terma jamoasi futbolchilari jamoadoshlari Gonsalu Ramushning to‘y marosimida ishtirok etdi. Bu haqida mahalliy Flash nashri xabar berdi.
E’tiborli jihati shundaki, to‘yga hujumchi Krishtianu Ronalduning kelmadi. Uning yo‘qligi ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar endi Ronalduning o‘zi turmush qurganida, terma jamoa safida kim uning to‘yiga bormaslikka jur’at eta olishini muhokama qila boshladi.
- U oddiy odamlarga aralashmaydi, — degan izoh ushbu xabar ostida eng ko‘p muhokama qilingan sharhlardan biriga aylandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Krishtianu Ronaldo shu yozda sevgilisi Jorjina bilan nikohdan o‘tishi kutilmoqda. Biroq to‘y sanasi hozircha oshkor qilinmayapti.
Hujumchi Gonsalu Ramush va uning sevgilisi Margarita Dominges Portugaliyada, Ramush tug‘ilgan joyga yaqin hududda, bir yoshli o‘g‘illari Bernardo ishtirokida nikohdan o‘tdi. Kuyov tomondan to‘y guvohi sifatida uning bolalikdan do‘sti Joao Neves qatnashdi. Ular shu yozga qadar birga PSJ tarkibida to‘p surishgan. Yangi mavsumdan boshlab Ramush «Milan» sharafini himoya qiladi.
To‘yda futbolchilarning turmush o‘rtoqlari orasida ayniqsa homilador Ines alohida e’tiborni tortdi. U yaqin orada sobiq «Manchester Siti» sardori va «Real»ning yangi futbolchisi Bernardu Silvaga ikkinchi farzandni dunyoga keltirishi kutilmoqda.

Fikrlar