
"Rossiya chempionati Turkiyanikidan ustun" - Rossiyalik murabbiy Fayzullaevning ketishini xohlamayapti
Rossiyalik mashhur murabbiy Valeriy Nepomnyashiy Abbosbek Fayzullaevning TsSKAdan Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga o‘tish ehtimoli haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Bu xabarni afsuslangan holda eshitdim. U TsSKAga mos keladi, TsSKA ham unga to‘g‘ri keladi. RPL esa Turkiya chempionatidan qolishmaydi, ba’zi jihatlarda undan ustun ham. Turkiyada ham futbol muammolari kam emas, - deya mulohaza yuritdi Nepomnyashiy.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullaev ikki yildan beri TsSKA safida to‘p tepib kelmoqda. Moskva klubi uni Toshkentning "Paxtakor" jamoasidan transfer qilgan edi.
Fikrlar