Rossiya klubi Serxio Ramosga taklif bilan chiqqan

  • 06.06.2026 01:35
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi afsonasi Serxio Ramos Rossiya Premier-ligasi klublaridan biridan taklif olgan.

Bu haqida El Chiringuito TV efirida ma'lum qilindi. Manbaga ko‘ra, nomi ochiqlanmagan Rossiya klubi 40 yoshli himoyachiga uch oylik shartnoma uchun 8 million yevro taklif qilgan.

Biroq tajribali futbolchi mazkur taklifni rad etgan.

Serxio Ramos faoliyatining asosiy qismini madridliklar safida o‘tkazgan. U 2005 yildan 2021 yilgacha "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilgan.

Uning so‘nggi klubi Meksikaning "Monterrey" jamoasi bo‘lgan. Hozirda esa ispaniyalik himoyachi erkin agent maqomida qolmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!