
Rossiya terma jamoasi mart oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yinida qatnashadi!
Rossiya terma jamoasi mart oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti orqali ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 25 mart sanasida rossiyaliklar Paragvay termasi bilan kuch sinashadi. Bahs Moskvadagi "VTB Arena"da bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, 21 mart kuni Rossiya Serbiyaga qarshi maydonga tushishi ko‘zda tutilgan. Ushbu to‘qnashuv ham yuqorida nomi qayd etilgan o‘yingohda o‘tkaziladi. Ikkala o‘yin ham FIFA reytingi bo‘yicha inobatga olinadi.
Fikrlar