Rossiya va Belarus Milliy paralimpiya qo‘mitalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi!

  • 17 noyabr, 2022, 20:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

16 noyabr kuni Germaniya poytaxti Berlin shahrida Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining (XPQ) navbatdan tashqari Bosh Assambleyasida Rossiya va Belarus milliy paralimpiya qo‘mitalari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ovoz berish jarayoni o‘tkazildi.

Yakunda tashkilot a’zolarining aksariyati Rossiya va Belarus Milliy Paralimpiya qo‘mitalari faoliyatini to‘xtatib turishga ovoz berishdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya va Belarus milliy paralimpiya qo‘mitalari faoliyatini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror ularning Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi Konstitutsiyasida belgilangan a’zolik majburiyatlarini bajara olmasligi bilan bog‘liq. Bunga "Paralimpiya harakati doirasidagi parasportda halol o‘yin ruhi hukmron bo‘lishini, sportchilarning xavfsizligi va sog‘lig‘i himoya qilinishini, asosiy axloqiy tamoyillarga rioya etilishini ta’minlash" va Paralimpiya harakati yoki Parasportni obro‘sizlantirish xavfini tug‘dirish kiradi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons shunday dedi:
“Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti sifatida men sport dunyoni tinch raqobatda birlashtirgan, sportchilarga xavfsiz muhitda o‘z raqiblariga qarshi imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish imkonini beradigan dunyoda yashashimizni istayman.
Hozirda sport olami duch kelayotgan vaziyat juda og‘ir va murakkab. Umid qilamanki, Ukrainadagi mojaro imkon qadar tezroq tugaydi, tinchlik o‘rnatiladi.

Ta’kidlash kerakki, XPQ Konstitutsiyasiga muvofiq faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan Rossiya va Belarus milliy paralimpiya qo‘mitalari tashkilot a’zoligining barcha huquq va imtiyozlarini yo‘qotadi.

Favqulodda Bosh Assambleya, shuningdek, Paralimpiya o‘yinlarining xavfsizligi, hayotiyligi, yaxlitligi va adolatliligiga putur etkazuvchi favqulodda hodisa ro‘y bersa, XPQ Boshqaruv kengashiga himoya choralarini qo‘llashga ruxsat berish uchun XPQ Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish taklifini ma’qulladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!