
Rossiyada MMA jangi noodatiy tarzda to‘xtatildi (video)
Rossiyaning ASA (Absolute Championship Akhmat) promoushenining navbatdagi jang kechasida g‘alati voqea sodir bo‘ldi.
Gap shundaki, Gran-prining engil vazndagi ishtirokchilari Ali Bagov hamda Rashid Magomedov o‘rtasidagi yarim final uchun to‘qnashuvda sportchilar o‘ta sust harakat qildi. O‘z navbatida, bu muxlislarning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Hattoki, promoushen rahbari Mayrbek Xasievning o‘zi oktagonga chiqib, jang to‘xtatilishini va bunday passiv urishish turnir obro‘yiga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.
Fikrlar