Rossiyaga nisbatan qo‘yilgan taqiq olib tashlanadimi? UEFA prezidenti javob berdi

  • 6 aprel, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferinning aytishicha, vaziyat o‘zgarmasdan turib, Rossiya jamoalarining taqiqini olib tashlash qiyin

Eslatib o‘tamiz, kecha 55 yoshli sloveniyalik mutaxassis 2027 yilgacha UEFA rahbari etib qayta saylandi.

"Mening shaxsiy fikrim shuki, to‘qnashuv to‘xtamaguncha, biz uchun biror narsani o‘zgartirish juda qiyin bo‘ladi", - deya Aleksandr Cheferinning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters agentligi. U bu haqda Lissabonda bo‘lib o‘tgan UEFA kongressidan keyingi matbuot anjumanida aytgan.

UEFA prezidenti bundan avvalroq Rossiya terma jamoasi va klublarining xalqaro musobaqalarga qaytishi ehtimoli haqida quyidagi gaplarni aytgandi:

- Hech kimda aybi yo‘q va meni rossiyalik sportchilar musobaqalarimizda qatnasha olmayotgan tufayli yuragim ezilmoqda.

Ammo bu mojaro davom etar ekan, bu bedodlik davom etar ekan, bosimning bunday shakli ham bo‘lishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!