Rossiyalik futbolchi APL klubini mensimadi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi yarim himoyachisi Magomed Ozdoev faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin edi.
Rossiyalik jurnalist Ivan Karpovning so‘zlariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchiga “Brayton”dan taklif bo‘lgan. Ammo, Magomed klub APLning kuchsiz jamoalaridan bo‘lgani uchun ushbu taklifni rad etgan. Ta’kidlash kerakki, “Brayton” 29 turdan so‘ng musobaqa jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi.
Ozdoev joriy mavsum “Zenit” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning transfer narxi esa 5,5 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar