Rossiyalik futbolchi "Barselona" va PSJ bilan muzokara o‘tkazgan
"Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovinga shu yoz "Barselona" va PSJdan takliflar bo‘lgan. Bu haqda rossiyalik futbolchining agenti ma’lum qildi.
“Agar Golovinga bo‘lgan qiziqishlar haqida gapiradigan bo‘lsak, bu yozda biz "Barselona" va "PSJ" bilan muzokara olib bordik. Ammo ular sust bo‘ldi. Sasha hozircha "Monako"da, ammo yaxshi taklif bo‘lsa, kim biladi, bu qanday yakunlanadi... Golovin faqat Evropani o‘ylaydi, deb ishonch bilan aytishimiz mumkin. Ayni paytda Rossiyaga qaytish haqida gap bo‘lishi mumkin emas. U Evropada yaxshi o‘ynab ketadi”, - dedi agent.
Fikrlar