Rossiyalik sobiq futbolchi Husanovni Hausen va Bastonidan ustun qoʻydi

  • 11.04.2026 00:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Sobiq futbolchi Vladislav Radimov "Manchester Siti" hamda Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

"Hozirgi "Manchester Siti"ni Husanovsiz tasavvur qilish qiyin. Men Oʻzbekiston terma jamoasining ikki oʻyinini koʻrdim. Birinchi oʻyinda u maydonda yoʻq edi — himoyada juda koʻp xatolar boʻldi, hatto raqib koʻp gol urishi mumkin edi.

Ikkinchi oʻyinda esa Husanov maydonga tushdi va vaziyat butunlay oʻzgardi. Himoyadagi kamchiliklarni yopdi, juda koʻp xatolarni toʻgʻriladi.

U oʻzining tezligi va jismoniy imkoniyatlari hisobidan juda kuchli. Taktik jihatdan ham yana oʻsadi. Menimcha, u hatto Din Xausen va Alesandro Bastonidan ham yaxshiroq", — dedi Radimov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!