Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Rossiyalik sportchilar "ATP Cup"da g‘alaba qozondi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

G‘olib tomon 4,5 mln dollarni qo‘lga kiritdi.

Avstraliyaning Melburn shahri tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi "ATP Cup" musobaqasini qabul qildi.

Yakkalik bahslarida finalga Rossiya va Italiyadan tashrif buyurgan sportchilar etib keldi. Yakunda rossiyalik tennischilar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan holda, sovrinni boshi uzra baland ko‘tardi. Birinchi o‘yinda Andrey Rublyov hamda Fabio Fonini kortga chiqdi. O‘yin Rubyolvning 6:1, 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi uchrashuvda Daniil Medvedov Matteo Berrettini bilan o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oldi. Ushbu bahsda ham rus tennischisining qo‘li baland keldi. Yakuniy hisob: 6:4, 6:2.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q