Rossiyaning Keniyaga qarshi bahsi natijasi ham FIFA reytingida hisobga olinadi

  • 05.10.2023 19:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol

Rossiya va Keniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi natijasi FIFA reytingida hisobga olinadi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq RFU Rossiya terma jamoasining Keniyaga qarshi o‘yinini e’lon qilgandi. Jamoalar 16-oktyabr, dushanba kuni maydonga tushadi. O‘yin Turkiyada bo‘lib o‘tadi.

“Rossiya va Keniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin FIFA reytingiga kiritiladi. O‘yinda beshta, shuningdek, jiddiy jarohat olgan taqdirda yana bitta almashtirish mavjud", - deya RFU matbuot xizmatining so‘zlarini keltirmoqda "TASS".

Rossiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 12-oktyabr, payshanba kuni Moskvadagi "VTB Arena"da Kamerunga qarshi o‘tkazadi. Bu o‘yin ham FIFA reytingiga kiritiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
05/10/2023 19:35
Ха мана секин аста ФИФА хам Россия фойдасига юмшаб бошлабти