
"Rostov" Shomurodovni sotishga rozi bo‘ldi
"Rostov" klubi Eldor Shomurodovni "Jenoa" klubiga sotib yuborishga rozilik berdi.
Sport-Ekspress nashrining xabar berishicha, Italiya klubi forvard uchun 9 mln evro va qo‘shimcha bonuslar to‘laydigan bo‘ldi. Bundan tashqari, genuyaliklar O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini sotadigan bo‘lsa, 15 foiz ulush "Rostov" klubiga nasib qiladi.
Sport Italia jurnalisti Janluiji Longari ma’lum qilishicha, Italiya va rus klublari o‘rtasidagi muzokara yakuniy bosqichda turibdi.
Fikrlar