Tezkor xabar! "Rostov"ning 6 nafar futbolchisi koronavirus yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan "Rostov" klubining 6 nafar futbolchisi koronavirus yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda rossiyalik jurnalist Nobel Arustamyan o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Roman Eremenko, Dennis Xajikadunich, Xoren Bayramyan, Matias Normann, Ivelin Popov va Arseniy Logashovda Covid-19 bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Endi “Rostov”ning barcha futbolchilari va murabbiylar shtabi tez orada to‘liq karantinga olinishi kutilmoqda. Shuning uchun, 19 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Sochi" - "Rostov" uchrashuvi qoldirilishi mumkin.
Fikrlar