Roy Jons farzandining fojiali o‘limi haqida ma’lum qildi

  • 25 iyun, 2024, 22:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

To‘rt divizion bo‘yicha sobiq jahon chempioni va Shon-sharaf zali a’zosi amerikalik kichik Roy Jons o‘z joniga qasd qilgan o‘g‘li DeAndre Jonsning fojiali o‘limi haqida ma’lum qildi.

“Afsuski, o‘g‘lim DeAndre shanba kuni o‘z joniga qasd qildi. Bilaman, hozir ko‘p odamlar og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda, lekin hech narsa o‘z joniga qasd qilishga arzimaydi. Yaratgan hayotni o‘zi beradi va u uni o‘zi olishi kerak. Iltimos, bu og‘ir judolikni boshdan kechirayotgan bir paytimizda oilamning shaxsiy hayotini hurmat qiling. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur”, - deb yozdi Jons ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, DeAndre Roy Jons uchta farzandidan biri edi. Boks afsonasining bundan tashqari Deshoun va Roy Jons III ismli ikki o‘g‘li ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!