Roy Kin: "Messining o‘yinini ko‘rish men uchun sharaf"

  • 14.12.2022 09:49
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Roy Kin Lionel Messiga JCh-2022 finalida ham g‘alaba tiladi.

"Umid qilamanki, Messi jahon chempionatini yutadi. Bu yutuq uning karerasi uchun eng qadrli sovrin bo‘lishi kerak. Bunday futbolchining o‘yinini ko‘rish men uchun sharaf", - dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi ITV telekanaliga bergan intervyusida.

35 yoshli Messi kechagi bahsning birinchi bo‘limida penaltidan gol urgan bo‘lsa, ikkinchi taymda Xulian Alvaresga samarali uzatmani amalga oshirgan holda jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!