
Roys: Xoland "Borussiya" nima uchun uni xarid qilganini ko‘rsatib qo‘ydi
"Borussiya" yarim himoyachisi Marko Roys Germaniya chempionati 19-tur "Kyoln"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan yosh hujumchi Erling Xoland haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Mana nima uchun "Borussiya" uni xarid qilgan. Odatda debyut o‘yinini futbolchilar yomonroq o‘tkizishadi, ammo uning debyuti juda yaxshi boshlandi. Shunga qaramasdan Xoland juda bosiq va o‘z ustida ishlashda davom etmoqda", - deydi Roys.
Eslatib o‘tamiz, norvegiyalik futbolchi "Borussiya Dortmund"dagi dastlabki ikkita o‘yinida beshta gol kiritdi.
Fikrlar