Ro‘ziqul Berdiev: "3-4 ta saviyali o‘yinchi olmasak, ikkinchi davrada biz uchun bundan-da qiyin bo‘lishi mumkin"

  • 17.05.2026 09:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Nasaf” klubi Oʻzbekiston Kubogining dastlabki turidan nihoyat oʻz uyiga qaytdi. Qarshidagi “Markaziy” stadionda birinchi liga vakili – “Xavokand” sparring-raqib vazifasini bajardi. Oʻyin esa 6:1 hisobida “Nasaf”ning foydasiga hal boʻldi.

Oʻyindan keyin mezbonlar ustozi Roʻziqul Berdiev quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Oʻz maydonimizga qaytganimizdan juda xursandmiz. Maydonni holati ancha yaxshi ekan. Muxlislar ham yaxshi tashrif buyurdi. Raqibimiz birinchi liga vakili boʻlsa ham bu jamoaga respekt! Shunchalik tuman jamoasini qoʻllab-quvvatlashyapti. Raqib haqida bizda kam maʼlumotlar bor edi. Shu bois birinchi boʻlimda yigitlar jiddiy yondashishdi. Ikkinchi boʻlimda oʻyinni tashlab qoʻyishdi. Baʼzi-bir zahiradan maydonga tushgan yoshlardan oʻzlarini koʻrsatishlarini soʻragandik, afsuski bunday boʻlmadi.

- Rejamiz va oʻylashimiz boʻyicha hali tarkibda koʻp ish qilishimiz kerak. Yanada barqarorlashtirishimiz lozim. Kamida 3-4 ta saviyali futbolchilarni olishimiz kerak, agar bunga imkoniyatimiz boʻlsa. Toʻgʻri, koʻp jihatdan ogʻir vaziyatdamiz. Yosh yoki bor futbolchilarimiz bilan vaziyatdan chiqishga harakat qilyapmiz. Bu narsani amalga oshirmasak ikkinchi davra biz uchun bundan-da qiyin boʻlishi mumkin. Shu bois bu haqida oʻylayapmiz, rahbariyatga yetkazamiz va bu narsa amalga oshishi kerak. Chunki koʻryapsizlar, tarkibimizda ikkita jarohat boʻlsa yoki terma jamoaga chaqirilsa juda ham sayoz boʻlib qolyapti. Oʻylaymanki, bu narsani toʻgʻri tushunishadi va har tarafdan bizga yordam boʻladi.

- Shala oilaviy muammosi tufayli uyiga ketgandi va qolaversa, jarohati ham bor edi. Oxirgi oʻyinlarda oʻynamadi va jarohati sababli uni Kubok uchrashuvlariga jalb qilmadik. Uni oilaviy muammosi bor. Bilmadim, bu jarayon keyinchalik qaysi tarafga hal boʻladi? Agar oilaviy muammo davom etsa, qaerdadir balki shartnomani ham toʻxtatishga toʻgʻri kelib qoladi. Lekin bu masalada hali aniq qaror qabul qilinmagan. Terma jamoaga ketgan oʻyinchilarimiz bor. Gʻolib Gʻaybullaevni jarohati bor edi, ertadan asosiy guruhga qoʻshiladi. Murodni bugungi oʻyinda kam oʻynatganimiz sababi shuki, unda engil jarohat bor. Oxirgi oʻyinda oʻynamagandi. Shu bois bu safar unga oʻynashga kamroq vaqt berdik.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!