Ro‘ziqul Berdiev: "Ba’zida tavakkal taktikamizga boramiz"

  • 1 aprel, 2023, 23:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” Navoiyda “Qizilqum” jamoasiga qarshi uchrashuvda oxirgi daqiqalarda penaltidan gol urib mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Bellashuvdan so‘ng “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Avvalo, uchrashuv to‘g‘risidagi taassurotlaringiz haqida to‘xtalsangiz.

- O‘yin davomida raqibda bitta vaziyat bo‘lgan bo‘lsa, bizda ko‘proq bo‘ldi va uchrashuv durang bilan tugadi. Albatta, bugun g‘alaba uchun tushgandik, lekin ikki ochko yo‘qotdik. O‘yinni biz to‘liq nazorat qildik va agar raqib yutganida yanada alamliroq bo‘lardi. Ba’zida shunaqa narsa bo‘ladiki, futbolchilarimiz terma jamoaga borib kelishganidan so‘ng o‘yinimizda baribir pasayish bo‘ladi. Bu holat o‘tgan yili ham kuzatilgandi. Yigitlar qanchalik to‘pni yaxshni nazorat qilishmasin, ularda engillik ko‘rmadim. Kenjaboevni qarshi hujumlarda yaxshi harakat qilishini ko‘p ta’kidlagandik. O‘sha vaziyatda uch nafar himoyachimizdan qochib ketishga ulgurdi. Bu albatta himoyachilarning qo‘pol xatosi. Biz bilardik, “Qizilqum” himoyaga ko‘proq e’tibor qaratib qarshi hujumda to‘p surishini. Chunki ularni tezkor o‘yinchilari bor. Aynan shu uslub bilan bizni jazoladi.

- “Nasaf” hisobda ortda borayotganida Xusniddin Aliqulov hujumga o‘tdi. Bu futbolchini hujumda sinab ko‘rish haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?

- Bu bizning keyingi variantlarimizdan biri hisoblanardi. Ko‘ryapsizlar, bu narsani ko‘p o‘yinlarda takrorlayapmiz. Uni hujumda va ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynashini bilamiz. Ba’zida tavakkal taktikamizga boramiz. Bu esa ko‘p uchrashuvlarda o‘zini oqlayapti. U asli himoyachi. Shuning uchun futbolchini hujum chizig‘ida sinab ko‘rish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bilasizlar, Xusniddin terma jamoada ham himoyada o‘ynaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!