Ro‘ziqul Berdiev jamoasining mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?
Superliga 4-turidan o‘rin olgan “Nasaf” - “Surxon” (0:1) uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi. Bu xususida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
- “Surxon” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun ularning o‘yinga tuzgan rejasi amalga oshdi. Raqib jamoa yaxshi himoyalandi va jips harakat qildi. Qarshi hujumlarda o‘z imkoniyatlaridan foydalandi hamda uchrashuv yakunida maqsadiga erishdi.
Bizning asosiy muammomiz bugun hujumlarda yetarlicha faol bo‘lmaganimiz bo‘ldi.
Fikrlar