
Ro‘ziqul Berdiev: Umid Ergashev ruhiy jihatdan "sinib" qolmasligi uchun unga imkoniyat berildi
Uchrashuvdan so‘ng "ajdarlar" ustozi darvozabonlar rokirovkasi borasida quyidagicha fikr bildirdi.
"Bizda 4 nafar yosh darvozabonlar mavjud, ularga ishonch bildirishimiz kerak. Bugun ham ko‘rganingizdek, Umidjon Ergashev yaxshi harakat qildi. Bundan oldingi uch bahsda darvozamizni Abduvohid Ne’matov qo‘riqladi va bu ishni yaxshi amalga oshira oldi. Ergashevni ruhiy jihatdan sinib qolmasligi uchun bugun unga imkoniyat berdik va o‘ylaymanki, yomon harakat qilmadi hamda g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi", - dedi Berdiev.
Fikrlar