RPL. Abbos penalti ishlagan bahsda TsSKA "Rostov"ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi

Rossiya premer ligasi 17-turidan o‘rin olgan TsSKA - "Rostov" bahi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Abbos Fayzullaev moskvaliklar tarkibida asosiy tarkibda o‘yinni boshladi. U 3-daqiqada TsSKA uchun penalti ishlab berdi va Chalov 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. 90-daqiqada hamyurtimiz zaxiraga olindi. 

Ikkinchi gol 68-daqiqada kiritildi. Unga Viktor Mendez mualliflik qildi.  

Ma’lumot o‘rnida, TsSKA ayni payt 28 ochko bilan 5-o‘rinni band etgan. "Rostov" esa 20 ochko to‘plagan holda 10-pog‘onadan joy egallagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
03/12/2023 18:24
Уйинни футбол вакти телеграмканалда курдим Аббос зур уйнади,3 та момент булди,уролмади.