RPL o‘yinlariga muxlislar qo‘yilmasligi mumkin

  • 05.06.2020 20:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Aleksandr Dyukovning so‘zlariga ko‘ra, RPL o‘yinlariga muxlislar kiritilmasligi mumkin.

Agar, uchrashuv o‘tkaziladigan hududda virus bilan bog‘liq vaziyat og‘ir bo‘lsa, u holda hech kim klublarga muxlislarni stadionga kiritishga majburlay olmaydi. Shu bois, bundan avvalroq e’lon qilingan stadon sig‘imining 10 foizi miqdoridagi muxlislar premer-liga o‘yinlariga qo‘yilishi haqidagi xabarlar yakuniy qaror emas.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq 450 mingdan ortiq holat qayd etildi. Mamlakat bu borada AQSh va Braziliyadan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!