
RPL. "Rubin" qiyinchiliklarsiz raqibini mag‘lub etdi
Rossiya Premer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan "Rubin" - "Dinamo Maxachkala" bahsi yakuniga etdi.
Uchrashuvning 45-daqiqasida Mirlind Daku penaltini golga aylantirib, hisobni ochdi. 63-daqiqada Nikola Chumichning goli hisobdagi farqni ikkitaga etkazdi.
Ushbu bahsda legionerlarimiz Rustam Ashurmatov va Umarali Raxmonaliev zaxirada qoldirildi.
Bugungi o‘yindan so‘ng "Rubin" RPL turnir jadvalida beshinchi o‘rinni band etdi. Qozonliklar hisobida olti o‘yindan so‘ng 10 ochko mavjud.
Fikrlar