
RPL. Shomurodov gol kiritgan o‘yinda "Rostov" Denisovning jamoasidan ustun keldi
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov faoliyat olib boradigan "Rostov" bu tur o‘z maydonida Vitaliy Denisov to‘p tepadigan "Rubin"ni qabul qildi. Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan bellashuvda mezbonlar zafar quchishdi.
15-daqiqada Evgeniy Markov hisobni ochdi. Oradan 14 daqiqa o‘tib Shomurodov muvozanatni tikladi. Bahs so‘nggida esa Aleksandr Saplinov rostovliklarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Eldor maydonda 90 daqiqa to‘p tepgan bo‘lsa, Denisov zaxirada qoldi.
Fikrlar
ОМАД ЭЛДОРЖОНГА.