
RPL. TsSKA safarda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi, Fayzullaev 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi
RPLning 20-turida TsSKA "Krilya Sovetov" maydoniga safar uyushtirib, 0:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mehmonlarning ikkala goli ham Vilyan Rocha nomiga qayd etildi.
Ushbu uchrashuvda moskvaliklar a’zosi Abbos Fayzullaev zaxiradan maydonga tushdi. U 77-daqiqada o‘yinga qo‘shildi.
Shu tariqa, TsSKA turnir jadvalida 4-o‘ringa chiqdi, jamoa hisobida 32 ochko mavjud. "Krilya Sovetov" esa 29 ochko bilan 7-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar