RPLda dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nomi e’lon qilindi

  • 11 dekabr, 2019, 14:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tulaning “Arsenal” klubi hujumchisi Evgeniy Lutsenko RPLning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Aytish kerakki, 32 yoshli futbolchi joriy oy premer-ligada 2 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Ushbu nomga Lutsenkodan tashqari shuningdek Baktiyor Zaynutdinov (“Rostov” 2ta o‘yin, 2ta gol), Aleksandr Belenov («Ufa» 2 ta o‘yin, gol o‘tkazib yubormagan), Xvich Kvaratsxeliya («Rubin» 2 ta o‘yin, 1ta gol, 1ta assist) va Azer Aliev («Ufa» 2 ta o‘yin, 1ta gol, 1ta assist).

Oyning eng yaxshi murabbiyi ham “Arsenal”dan bo‘ldi. Tulaliklar ustozi Igor Cherevchenko ovoz berish yakunlariga ko‘ra Sergey Semak0(«Zenit»), Vadim Evseev («Ufa»), Dmitriy Parfenov («Ural») va Timur Shipshev («Tambov») kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!