Ruben Amorim: "Biz hali ideal jamoaga yaqin emasmiz"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoasining o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, progress bor, ammo "qizil iblislar"ning o‘yini mukammallikdan uzoq.
"Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatyapmiz, ammo bu ishonch orqali bo‘lmoqda. Shu ishonchni yaxshi natijalar, masalan, "Liverpul"ga qarshi o‘yin kabi natijalar beradi. Biz o‘syapmiz, lekin o‘z hissiyotimni aytishim mumkin: "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng bazaga qaytib, o‘yinni qayta ko‘rganda xunuklikni his qildim – biz mukammallikdan uzoqmiz. Biz har bir o‘yinda g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan jamoadan ham uzoqmiz. Shu bois, hali ko‘p ishlar qilish kerak", – dedi Amorim "Stan Sport"ga bergan intervyusida.
Hozirda "Manchester Yunayted" Premer-liga jadvalida ettinchi o‘rinda turibdi. 24 noyabr kuni Amorim jamoasi o‘z maydonida "Everton"ni qabul qiladi.
Fikrlar