Ruben Amorim: "Muammo sxema emas, intensivlik etishmasligi"

  • 19.11.2025 21:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim yana bir bor taktik sxema haqida fikr bildirdi. Ilgari portugaliyalik mutaxassis o‘zining sevimli 3-4-3 tizimidan voz kechmasligi uchun bir necha marotaba tanqid qilingan edi.

"Men buni oylar davomida aytib kelaman: sxema – muammo emas. Sxema – faqat bir tarafdan boshlanish. Keyin esa dinamika, ishonch, o‘yin uslubimiz va raqobatbardoshligimiz hal qiluvchi omilga aylanadi. Agar shu mavsumdagi muammolar bilan o‘tgan o‘yinlarga nazar tashlasak, qiyinchilik sxema tufayli bo‘lmagan. Asosiy muammo intensivlik etishmasligi edi. APLda ko‘p o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun ideal darajada bo‘lish kerak", – dedi Amorim "Stan Sport"ga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, "Manchester Yunayted" APLdagi navbatdagi uchrashuvini 24 noyabr kuni o‘z maydonida "Everton"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!