
Ruben Diash “Siti”ning eng muhim o‘yinchisi kim ekanini aytdi. Bu Xoland emas...
“Manchester Siti” markaziy himoyachisi Ruben Diash amaldagi “Oltin to‘p” sohibi Rodrining jamoa uchun naqadar ahamiyatli o‘yinchi ekanini aytdi.
- Biz uchun Rodri tasavvur qilib bo‘lmas darajada muhim o‘yinchi. Har bir jamoa uchun uning eng zo‘r o‘yinchilari maydonda bo‘lishi zarur. Biz hammamiz Rodrida to‘pni jamoaga qaytarish va o‘yin tashkil qobiliyati fenomenal darajada rivojlanganini yaxshi bilamiz, - dedi Ruben Diash.
Ta’kidlash lozimki, Rodri o‘tgan mavsumning boshida tizzasidan og‘ir jarohat olib, qariy bir yil davolanishga majbur bo‘ldi. Ekspert “Siti”da yuz bergan inqiroz sababini ispan futbolchisining safdan chiqqaniga ham bog‘lashgan edi.
29 yoshli Rodri joriy mavsumda sport formasini tiklashni boshladi, ammo kamdan kam hollarda uchrashuvlarda to‘liq o‘ynayapti.
Fikrlar