
Rubin Xebay Superligaga qaytishi mumkin, lekin...
2024 yil boshida "Andijon"ni tark etib, Saudiyaning "Al-Oruba" klubi bilan shartnoma imzolagan Rubin Xebay ayni paytda erkin agent bo‘lib turibdi. Shu bilan birga, uning Superligaga qaytishi mumkinligi borasida ham mish-mishlar yo‘q emas.
Ayni damda albaniyalik forvard bilan "Navbahor" muzokaralar o‘tkazmoqda. Shunga qaramay, transferga to‘siq bo‘ladigan ikki muammo bor. Birinchidan Rubin katta maosh so‘ramoqda. Ammo bu klub uchun to‘siq bo‘lmasligi mumkin.
Asosiy muammo PFL tomonidan qo‘yilgan legionerlar uchun transfer ta’qiqi. Namangan klubi legioner ta’qiqini olib tashlash masalasida Liga bilan muzokara o‘tkazishga xarakat qiladi. Agar bu ishni uddalasa, Xebay transferining final bosqichiga o‘tadi.
25 yoshli hujumchi o‘z vaqtida "Andijon" bilan Superligada ajoyib o‘yinlar o‘tkazgan. U klub tarkibida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar