Rudi Garsiya Senegalka qarshi kambek sirini ochdi

  • 02.07.2026 05:59
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya Jahon chempionati 1/16 finalida Senegalga qarshi kechgan bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Futbolda ishonasiz, hammasi mumkin. Bu jamoaning kuchi maydonga zahiradan tushadigan futbolchilarda ham namoyon bo‘ladi, chunki faqat asosiy tarkib bilan natijaga erishib bo‘lmaydi. Ikkinchi bo‘limda zarur taktik o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Birinchi bo‘limda hal qiluvchi uzatmalarni darvozadan juda uzoq masofada amalga oshirayotgan edik, bunga ehtiyoj yo‘q edi. Buni to‘g‘riladik va o‘yinimiz ancha yaxshilandi, garchi ikkinchi golni ham o‘tkazib yuborgan bo‘lsak-da", — dedi Garsiya.

Eslatib o‘tamiz, bellashuvning 86-daqiqasiga qadar belgiyaliklar ikki to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lib borayotgan edi. Biroq uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida ular hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi va qo‘shimcha bo‘limning 120+5-daqiqasida Yuri Tilemans tomonidan aniq ijro etilgan penalti evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!