Runi chempionlik poygasida "Arsenal"ga ishonmoqda
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi Angliya Premier-ligasidagi chempionlik poygasi haqida o‘z taxminlarini bildirdi.
Shanba kuni "Arsenal" "Fulxem"ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, "Manchester Siti" bilan farqni 6 ochkoga yetkazdi. Biroq "shaharliklar" raqibiga nisbatan ikki o‘yin kam o‘tkazgan.
"Menimcha, “Arsenal” chempion bo‘ladi. Buni ular "Manchester Siti"ga yutqazganidan keyin ham his qilgandim. Jamoaning taqvimi qulay — qolgan o‘yinlarning barchasida g‘alaba qozonishi mumkin. "Siti" haqida esa aytish oson: ularning ochko yo‘qotishini tasavvur qilish mumkin, ehtimol bir yoki ikki marta. Meningcha, "Arsenal" 5 ochkolik ustunlik bilan oldinga chiqadi, lekin bu faqat mening fikrim", — dedi Runi.
Eslatib o‘tamiz, 4 may kuni Xosep Gvardiola shogirdlari "Everton"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar