Runi Van Deykning fikrlariga tanqidiy javob qaytardi
Ueyn Runi Virjil Van Deykning "Liverpul" taqvimidagi tanqidiga javob qaytardi.
Kecha "Liverpul" APLning 29-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda "Everton"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shanba kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi bellashuvda mersisaydliklar "Vest Xem" bilan o‘ynaydi.
"O‘yinning boshlanish vaqti haqida gapirishimiz kerak. Bunday uchrashuvlar doim kurash va menimcha mag‘lub bo‘lmasligimiz kerak. Endi biz o‘zimizni qo‘lga olib, shanba kuni bo‘ladigan bellashuvga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", - dedi "Liverpul" himoyachisi.
Runi "Sky Sports" telekanalida Van Deykning bu fikrlarini tanqid qildi.
"Yana bir bor 12:30 (Toshkent vaqti bilan 17:30) uchrashuv haqida eshitdik. "Liverpul" futbolchilari ertaga maydonga tushishni istashlari kerak. Sababi, derbidagi mag‘lubiyatdan keyin ular bellashuvlar tezroq tugashini xohlaydi. Buni engib chiqing. Bu ishingizni bir qismi", - dedi Runi.
Fikrlar