Ruslan Abdullaev kubalik raqibini ayab o'tirmadi!
Professional boksning super engil vazn (63,5 kg) toifasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Ruslan Abdullaev AQShning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan jang kechasida ringa ko‘tarildi.
Charm qo‘lqop ustamiz kubalik Orestes Velazkezga qarshi bahs olib bordi. Quvonarlisi 10 raundlik jangning 5-raundida Abdullaev raqibini kuchli zarba bilan texnik nokautga uchratdi.
Shu tariqa yurtdoshimiz professional boksdagi 5-jangida ham zafar quchib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi.

Fikrlar